1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Onix haydovchisi piyodani urib yubordi — piyoda halok bo‘ldi

YTH dan so‘ng avtomashina Nexia-3 va Cobalt bilan ham to‘qnashib ketgan.

Toshkentda Onix haydovchisi piyodani urib yubordi — piyoda halok bo‘ldi

 

Joriy yilning 28-noyabr kuni soat 11:10 da Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Onix rusumli avtomobil harakatlanish jarayonida rul boshqaruvini yo‘qotgan.

 

Natijada avtomobil yo‘lning o‘ng chetida turgan piyodani urib yuborgan. To‘qnashuvdan keyin transport vositasi o‘ng qatorda to‘xtab turgan Nexia-3 va Cobalt avtomashinalari bilan ham to‘qnashgan.

 

YTH oqibatida piyoda olgan og‘ir tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика