1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlar sotilayotgani aytildi

Holatga Ekoqo‘mita rasmiy izoh berdi.

Toshkentda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlar sotilayotgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi bozorda noqonuniy ravishda “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob turdagi qushlar va hayvonlar sotilayotgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Holatga Davlat ekologiya qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, ishchi guruh tomonidan yo‘qolib borayotgan noyob qushlar va hayvonlarning noqonuniy savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, qonunga zid ravishda savdo bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmokda. 

 

“Mazkur holatning natijalari bo‘yicha qo‘shimcha xabar berilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика