1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda salkam 200 kg sifatsiz go‘sht sotilayotgani aniqlandi

Isteʼmolga yaroqsiz go‘sht sotgan fuqaroga nisbatan tegishli chora ko‘rildi.

Toshkentda salkam 200 kg sifatsiz go‘sht sotilayotgani aniqlandi

 

“Qo‘yliq” AJ dehqon bozorida sifati buzilgan 188 kilogramm go‘sht va go‘sht mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi. Bu Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo‘limi sanitariya-gigiyenasi bo‘linmasi mutaxassislari va ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlandi

 

Unga ko‘ra, bozorning VSEL xodimlari bilan birgalikda isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan mahsulotlar savdosi bekor qilinib, o‘rnatilgan tartibda bartaraf etildi. Go‘sht mahsulotlari Toshkent shahar IIBning kinologiya bo‘limiga topshirildi.

 

Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan bozor maʼmuriyati, javobgar shaxslar va fuqarolarga ovqatdan zaharlanish va uni oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Profilaktik suhbat o‘tkazilib, VSEL xodimlari tomonidan fuqaroga nisbatan tegishli chora ko‘rildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика