1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda sobiq soliqchi 35 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

U QQS guvohnomasini qayta faollashtirish va 17 mlrd so‘mlik QQSni qaytarish evaziga pora talab qilgan.

Toshkentda sobiq soliqchi 35 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Muqaddam soliq idoralarida faoliyat yuritgan, hozirda Toshkent shahridagi transport va logistika xizmatlari ko‘rsatuvchi MCHJda hisobchi bo‘lib ishlayotgan shaxs o‘zining sobiq hamkasblari imkoniyatlari orqali, bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi MCHJga 17 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy farq summasini qaytarish hamda uning to‘xtatilgan QQS guvohnomasini qayta faollashtirib berish evaziga 35 ming AQSh dollari talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u MCHJ ta’sischisidan 20 500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Holat yuzasidan hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Dastlabki tergov harakatlari davomida u o‘zining “xolis yordamini” Soliq qo‘mitasining katta inspektori orqali hal qilishi kerakligi aniqlanib, mazkur davlat xizmatchisi ham jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida jalb etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика