1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda talaba “narkokuryerlar” qo‘lga olindi

Tergov jarayonida talabalarning sintetik moddalarni tanishlari tashlab ketgan joylardan olib, yotoqxonada dozalar ko‘rinishida qadoqlab tarqatgani aniqlangan.

Toshkentda talaba “narkokuryerlar” qo‘lga olindi

O‘zbekistonda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktika tadbiri davomida oliy ta’lim muassasasining 1-bosqich talabalari qo‘lga olindi. Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, ular 520 gramm — bir martalik 2600 dozaga teng sintetik moddaning noqonuniy aylanishida gumonlanmoqda.

 

4-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda talabalar qo‘lga olingani aks etgan videotasvir tarqaldi. Rasmiylar maʼlum qilishicha, Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki talabadan 120 gramm Alfa-PVP moddasi hujjatlashtirilib olingan. Shuningdek, 2007-yilda tug‘ilgan talabadan ko‘rilgan universitet yotoqxonasida qo‘shimcha 400 gramm modda topilgan.

 

Tergov jarayonida talabalarning sintetik moddalarni tanishlari tashlab ketgan joylardan olib, yotoqxonada dozalar ko‘rinishida qadoqlab tarqatgani aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan ularga Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bo‘yicha 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llangan. Hozirda moddalar manbai va boshqa ishtirokchilarni aniqlash ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика