Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2025 yil 25 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “A-T” MCHJdan undiruvchi fuqaro B.X. foydasiga 513 325 224 so‘m ish haqi hamda 1 292 273 351 so‘m kompensatsiya, jami 1 805 597 576 so‘m undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati 2025 yil 26 noyabr kuni Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Qarzdorga belgilangan tartibda 15 kunlik ixtiyoriy ijro muddati berilgan, biroq talablar bajarilmagani sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.
Majburiy ijro jarayonida qarzdorga tegishli avtotransport vositalari, jumladan “KIA” rusumli avtomobil hamda ekskavator maxsus texnika aniqlanib, xatlangan va ularga nisbatan taqiq o‘rnatilgan. Ayni paytda ushbu mol-mulklarni baholash va onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Realizatsiyadan tushgan mablag‘lar undiruvchi foydasiga qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.


