1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlari o'tkaziladigan manzillar e’lon qilindi

Poytaxt ko'chalarida bayramlar 25-dekabrdan boshlanadi.

Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlari o'tkaziladigan manzillar e’lon qilindi

 

 

Toshkent shahrida Yangi yil bayramini 2025-yil 25-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha har kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydonida asosiy tadbirlar o‘tkaziladi. Shuningdek, tumanlardagi bir qancha madaniyat va istirohat maskanlarida ham bayram dasturlari tashkil etiladi.

 

Bayram tadbirlari Yunusobod tumanidagi Rixsiliy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasida, Bektemir tumanidagi “Compass” savdo majmuasi va “Coca-Cola Garden” bog‘ida, Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasida, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Central Park” va “Yangi O‘zbekiston bog‘i” hududida, Sergeli tumanidagi Sug‘diyona va Jaloyir ko‘chalari bo‘ylab gastronomik va turizm ko‘chasida hamda Yangi Sergeli istirohat bog‘ida o‘tkaziladi.

 

Olmazor tumanida “Asia.uz” supermarketi avtoturargohi, Uchtepa tumanida tuman hokimligi oldi maydoni, Chilonzor tumanida “Dream Park”, “Humo Arena”, “Magic City” bog‘i va Al-Xorazmiy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi, Shayxontohur tumanida “Anhor Lokomotiv” bog‘i va “Tashkent City” majmuasi, Yashnobod tumanida “Ashxobod” sayilgohi, Yakkasaroy tumanida “NEXT” savdo majmuasi va Millatlararo munosabatlar qo‘mitasining pavilyon hududi ham bayram tadbirlari uchun ochiq bo‘ladi. Yangihayot tumanida esa Mehrigiyo 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi mehmonlarni kutadi.

 

Tadbirlar davomida kutilmagan dasturlar, rang-barang ko‘rgazmalar va ko‘tarinki kayfiyat sizni kutmoqda. Bayram dasturlari haqida batafsil ma’lumot Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatida e’lon qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика