1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda YPX inspektorini avtomobil urib ketdi

Yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlangan inspektorga voqea joyida shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Toshkentda YPX inspektorini avtomobil urib ketdi

 

 

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-patrul xizmati (YPX) inspektorini xizmat vaqtida avtomobil urib yuborilishi oqibatida tan jarohati olgan. Holat haqida poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.


Ma’lum qilinishicha, voqea 22-yanvar kuni soat 17:30 lar atrofida Shahrisabz va Mustaqillik shoh ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. 26 yoshli A.X. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomobil keskin chapga burilishi davomida chorraha markazida xizmat olib borayotgan YPX inspektorini urib yuborgan.


Yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlangan inspektorga voqea joyida shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uning ahvoli bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilmadi.


Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика