1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda YTH oqibatida ayol halok bo‘ldi

20 yoshli haydovchi Lacetti rusumli mashinasida piyodani urib yuborgan.

Toshkentda YTH oqibatida ayol halok bo‘ldi

2025-yil 31-dekabr kuni soat 21:00 lar atrofida Toshkent shahri Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2005-yilda tug‘ilgan J.R. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 1991-yilda tug‘ilgan Y.N. ismli piyodani urib yuborgan.

 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика