1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi ayrim korxonalarga avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi

2025-yil 30-yanvardagi farmon bo‘yicha monitoring stansiyasini o‘rnatgan korxonalarga kompensatsiya qismi ikki yil davomida qaytariladi.

Toshkentdagi ayrim korxonalarga avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi

 

Maxsus komissiya tomonidan, Prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi boshchiligida, Toshkent shahri, Sergeli tumani hududida joylashgan “Prosab” MCHJ Q/K, “Asl Oyna” MCHJ, “Alutex” MCHJ hamda Yangihayot tumanidagi “PROFPASK” MCHJ faoliyati o‘rganildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, “Prosab” MCHJ turli diametrdagi alyuminiy va mis kabellari, “Alutex” MCHJ alyuminiy profillar, “Asl Oyna” MCHJ esa shisha buyumlar ishlab chiqaradi. Ushbu korxonalar atrof-muhitga yuqori xavfli taʼsir ko‘rsatadi va atmosferaga azot ikki oksidi, uglerod oksidi, alyuminiy va mis oksidlari chiqaradi. Shu bilan birga, “PROFPASK” MCHJ gofrirovka qilingan qog‘oz va karton ishlab chiqaradi va past darajada xavfli obyekt sifatida baholanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoniga muvofiq, I va II toifali yuqori xavfli korxonalarda “atmosfera havosiga ustuvor turg‘un ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatish” majburiy hisoblanadi. Aks holda kompensatsiya to‘lovlari besh baravar oshiriladi.

 

O‘rganishlar davomida yuqoridagi korxonalar tomonidan avtomatik monitoring stansiyalari o‘rnatilmaganligi aniqlanib, ularga yozma majburiy ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, monitoring stansiyasini o‘rnatmagan taqdirda kompensatsiya to‘lovlari besh baravar oshirilishi bo‘yicha ogohlantirish berildi.

 

Shuningdek, Prezidentning 2025-yil 30-yanvardagi 16-son Farmoniga muvofiq, atmosfera havosi ifloslanishini nazorat qiluvchi monitoring stansiyalarini o‘rnatgan korxonalarga kompensatsiya to‘lovlarining bir qismi ikki yil davomida qaytarilishi, kelgusi bir yil ichida chang-gaz va suv tozalash uskunalari o‘rnatilganda esa kompensatsiya to‘lovlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismi ikki yil davomida qaytarilishi tartibi joriy etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика