Qayd etilishicha, soat 16:12 da Toshkent shahar Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Toshkent shahar FVBga xabar berilgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari yong‘in sodir bo‘lgan joyga soat 16:19 da yetib borib, yong‘in soat 16:31 da qurshab olingan va soat 16:32 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.


