1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

ToshVZITI delegatsiyasining Janubiy Koreyadagi ilmiy-hamkorlik safari yakunlandi

Safar davomida yetakchi universitet va ilmiy markazlar bilan qo‘shma tadqiqotlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

ToshVZITI delegatsiyasining Janubiy Koreyadagi ilmiy-hamkorlik safari yakunlandi

 


Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) delegatsiyasining Janubiy Koreyaga amalga oshirgan ilmiy-hamkorlik safari doirasida qator nufuzli universitetlar hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasida biotexnologiya, farmatsevtika va vaksina ishlab chiqarish sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.


Safar chog‘ida Yonsei universitetining Mexanik injeneriya fakultetiga tashrif buyurilib, mexanik va biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, mikroignalar orqali vaksina yetkazib berish texnologiyasini ishlab chiqish va uni ToshVZITI amaliyotiga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, K-NBIRT ilmiy-tadqiqot markazi bilan biotexnologiya va vaksina ishlab chiqarish, kadrlar malakasini oshirish hamda o‘quv-trening dasturlarini tashkil etish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.


Chungbuk milliy universiteti va Xanyang universiteti bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra farmatsevtika, mikrobiologiya va biotexnologiya sohalarida qo‘shma tadqiqotlar, mutaxassislar va yosh olimlar almashinuvi, ilmiy seminar va treninglar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu safar ToshVZITIning Janubiy Koreyaning yetakchi ilmiy markazlari bilan strategik hamkorligini mustahkamlab, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ilmiy salohiyatni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi qayd etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика