1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp 1 mln dollarlik “Oltin karta”ni taqdim etdi

U mamlakatga katta moliyaviy foyda keltirishi aytilmoqda.

Tramp 1 mln dollarlik “Oltin karta”ni taqdim etdi

Donald Tramp “Oltin karta” dasturini joriy etdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu karta orqali jismoniy shaxslar va korporatsiyalar AQSHda tezlashtirilgan rezidentlik huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.

 

“Oltin karta” shaxsiy tartibda 1 million dollarga sotiladi. Korporatsiyalar uchun esa keyinchalik 2 million dollarlik versiyasi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Karta dizaynda prezident Trampning portreti, burgut, Ozodlik haykali va Amerika bayrog‘i tasvirlangan. Unda “Trump Gold Card” yozuvi ham joy olgan.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, yangi dastur mamlakatga katta moliyaviy foyda keltiradi: “Uzoq yillar davomida noqonuniy muhojirlar oqib keldi, immigratsiya tizimimiz izdan chiqdi. Endilikda amerikaliklar va soliq to‘lovchilar qonuniy tizimdan foyda ko‘radi. Oltin karta qisqa vaqtda 100 milliard dollardan ziyod daromad olib keladi. Bu mablag‘ soliqlarni kamaytirish, iqtisodiy o‘sish va davlat qarzlarini to‘lashga yo‘naltiriladi”.

Rasmiy maʼlumotga ko‘ra, karta vizaning o‘rnida xizmat qilishi mumkin, biroq milliy xavfsizlik va boshqa omillarga ko‘ra bekor qilinishi ehtimoldan xoli emas.

Shuningdek, Tramp maʼmuriyati “Trump Platinum Card”ni ham joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu karta egalariga yiliga 270 kungacha AQSHda yashash huquqini berib, mamlakatdan tashqaridagi daromadlariga soliq to‘lamaslik imkoniyatini taqdim etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика