1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Oq uyda katta matbuot anjumani o‘tkazadi

Anjuman Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Tramp Oq uyda katta matbuot anjumani o‘tkazadi

AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may kuni Oq uyning Oval kabinetida yirik savdo kelishuvi munosabati bilan katta matbuot anjumani o‘tkazishini e’lon qildi. U bu haqda o‘zining Truth Social sahifasida yozgan. Biroq aynan qaysi mamlakat bilan shartnoma tuzilgani bo‘yicha aniq ma’lumot berilmagan.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, matbuot anjumani ertalab soat 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 19:00) bo‘lib o‘tadi. Tadbirda AQSh rahbari “katta va juda hurmatli mamlakat” vakillari bilan birga ishtirok etadi.

 

RIA Novosti xabariga ko‘ra, bu bitim AQShning joriy savdo siyosatidagi birinchi katta qadamlaridan biri sifatida baholanmoqda. Tahlilchilar ushbu kelishuv tafsilotlarini Tramp matbuot anjumanida e’lon qilishi kutilayotganini aytmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика