1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqidagi qonun loyihasini maʼqulladi

Yangi qonun loyihasi Rossiya neft va gazini xarid qilayotgan davlatlarga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar joriy etish imkonini beradi.

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqidagi qonun loyihasini maʼqulladi

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini maʼqulladi. Bu haqda AQSH senatori Lindsi Grexem maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjat bo‘yicha Senatda ovoz berish kelasi hafta bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

“Prezident Donald Tramp bilan bir qator masalalar yuzasidan juda samarali uchrashuvdan so‘ng, u Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha ikki partiyaviy qonun loyihasiga ruxsat berdi”, — deb yozdi Lindsi Grexem X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

 

Avvalroq senator Grexem ushbu qonun loyihasi Amerika prezidentiga Rossiya neft va gazini xarid qilayotgan mamlakatlarga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar hamda bojlar joriy etish vakolatini berishini taʼkidlagan edi.

 

Mazkur tashabbus Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirish hamda uning energetika sektoridan olinadigan daromadlarini cheklashga qaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика