1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Zelenskiyning taklifini rad etdi

Zelenskiy uni Ukrainga kelib, vaziyat bilan tanishishga taklif qilgandi.

Tramp Zelenskiyning taklifini rad etdi

 

Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning Ukrainaga kelish taklifini qabul qilmasligini aytdi.

 

U bu tashrifni hozir nomaqbul ekanligi bilan izohladi.

 

“Men prezident Zelenskiyni juda hurmat qilaman, ammo hozir Ukrainaga borish noo‘rin”, — dedi Tramp.

 

U AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati hozirda Zelenskiy bilan “biznes olib bormoqda” va shuning uchun u “manfaatlar to‘qnashuvi”ni yuzaga keltirmoqchi emasligini qo‘shimcha qildi.

 

Avvalroq Vladimir Zelenskiy Donald Trampga nima uchun Vladimir Putin bilan murosa qilish mumkin emasligini tushuntirish uchun Ukrainaga taklif qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика