1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Trampning “Ferrari” mashinasi auksionga qo‘yildi

Uning boshlang‘ich narxi 1 mln dollarga baholanmoqda.

Trampning “Ferrari” mashinasi auksionga qo‘yildi

AQSHda prezident Donald Trampga tegishli “Ferrari F430 Coupe” sportkari auksionga qo‘yildi.

 

Tramp ushbu avtomobilni 2007 yilda ishlab chiqarilishi bilanoq xarid qilgan. Ammo siyosatchi avtomobilni qancha muddatda ishlatgani haqida maʼlumot yo‘q.

 

Sportkarning boshlang‘ich bahosi 1 million dollar qilib belgilangan. Bu narx bozordagi o‘xshash modellardan besh baravar qimmatroq. Germaniyada shunday avtomobillar odatda 150–180 ming dollarga sotiladi.

 

Auksion uyi maʼlumotiga ko‘ra, “Ferrari” juda yaxshi holatda, avariyalarga uchramagan va bo‘yoqlari maxsus plyonka bilan himoyalangan. Avtomobil qizil rangda, ichki qismi och jigarrang bo‘lib, mexanik uzatmalar qutisiga ega. Mashina 100 km/soat tezlikka 3,9 soniyada erishadi va uning maksimal tezligi 315 km/soatni tashkil qiladi.

 

Auksion 16 fevraldan 9 martga qadar davom etadi, hozirning o‘zida Roskstar saytida mashinaga takliflar qabul qilinmoqda.

 

Komila Odilova tayyorladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика