1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Transport vositalariga yashil, sariq va qizil stikerlar beriladi

Bu atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Transport vositalariga yashil, sariq va qizil stikerlar beriladi

Hukumat qarori bilan “Avtotransport vositalaridan chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli taʼsiri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligi darajasini aniqlash, ularni ekologik toifalarga ajratish hamda ekologik stikerlarni berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga ko‘ra, transport vositasining ekologik toifasi uning ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan ekologik sinfiga muvofiq belgilanadi.

 

Bunda transport vositalari quyidagi mezonlarga ko‘ra ekologik toifalarga ajratiladi:

 

— benzin, siqilgan va suyultirilgan gaz yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi:

— “Yevro-2” va undan yuqori ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “toza” ekologik toifaga;

— “Yevro-0” va “Yevro-1” ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “o‘rta” ekologik toifaga;

— dizel yoqilg‘i turi bilan harakatlanuvchi:

— “Yevro-4” va undan yuqori ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “toza” ekologik toifaga;

— “Yevro-3” ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “o‘rta” ekologik toifaga;

— “Yevro-0”, “Yevro-1” va “Yevro-2” ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “zararli” ekologik toifaga;

— gibrid avtomobillar, muqobil yoqilg‘i turlarida xarakatlanuvchi transport vositalari hamda ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan transport vositalari – “toza” ekologik toifaga.

 

Transport vositalarini ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida ularning toifalariga mos ravishda “yashil”, “sariq” yoki “qizil” rangli ekologik stikerlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarida ekologik operatorlar tomonidan beriladi.

 

Transport egasi ixtiyoriy ravishda ekologik stiker olish uchun Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga uning rasmiy veb-sayti yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

 

Ariza belgilangan mezonlarga muvofiq bo‘lganda, trasport vositasiga uning ekologik toifasiga mos bo‘lgan ekologik stikerlardan biri taqdim etiladi.

 

Ekologik stikerlar muddatsiz davrga beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика