1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiya Pokiston va Eron o‘rtasiga tushmoqchi

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.

Turkiya Pokiston va Eron o‘rtasiga tushmoqchi

Anqara Pokiston va Eron o‘rtasida vositachilik qilishni taklif qilmoqda. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. Unda Turkiya Tehron va Islomobod o‘rtasidagi keskinlikdan xavotirda ekani qayd etilgan.

 

“Biz bu muammoni BMT tamoyillari asosida, mamlakatlar hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qilish asosida hal etish muhim deb hisoblaymiz”, deyiladi bayonotda.

 

Bundan tashqari, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan eronlik mavqedoshi Xoseyn Amir Abdollaxiyan va Pokiston tashqi ishlar vaziri Jalil Abbos Jiloniy bilan telefon orqali muloqot qilgan. Iordaniyada uyushtirilgan matbuot anjumanida Hoqon Fidan Turkiya imkon qadar tezroq tinchlik o‘rnatilishini tavsiya qilganini aytdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика