Erdog‘an Samarqanddagi tashrifini Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, Qurʼon tilovat qilish bilan boshladi.
Aeroportda mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Samarqand SHHT sammitiga tashrif buyurgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an boshchiligidagi samolyot yaqindagina Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Oliy martabali mehmon Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov maqbarasiga kelib, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi va qabriga gul qo‘ydi.
Turkiya yetakchisining tashrifi dasturida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.


