Turkiya Superligasining 18-turida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Fatih Karagumruk”ni qabul qilib, 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Uchrashuv mezbonlar uchun muvaffaqiyatli boshlandi va jamoa navbatdagi muhim uch ochkoni jamg‘ardi.
Bellashuvning 15-daqiqasidayoq O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov aniq zarba bilan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda ham “Bashakshehir” faol o‘yin ko‘rsatdi. 57-daqiqada Abbos Fayzullayev almashtirildi, Shomurodov esa 89-daqiqada zaxiraga olindi.
Mehmonlar 75-daqiqada Fofana orqali javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq uchrashuv so‘ngida, 87-daqiqada Shahinерning goli “Bashakshehir”ga g‘alabani taqdim etdi va o‘yin taqdiriga nuqta qo‘ydi.
Ushbu natijadan so‘ng Nuri Şahin shogirdlari ochkolari sonini 26 taga yetkazib, turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi. Atigi 9 ochkoga ega “Fatih Karagumruk” esa Superliga jadvalining eng quyi pog‘onasida qolmoqda.


