Turkiyaning Ag‘ri viloyatida noodatiy tibbiy holat qayd etildi. Obsesiv-kompulsiv buzilish (OKB) bilan og‘rigan 22 yoshli ayol shifoxonaga murojaat qilganidan so‘ng, uning oshqozonidan ikkita ruchka chiqarib olindi.
Xabarlarga ko‘ra, bemor qalam yutib yuborganini bildirganidan so‘ng jarrohlik guruhi tomonidan endoskopiya jarayoni amalga oshirilgan. Taxminan bir yarim soat davom etgan operatsiyada ikki dona qalam, bir dona qo‘rg‘oshin va yana bir kichik predmet muvaffaqiyatli olib tashlangan.
Operatsiyani amalga oshirgan shifokor Adem Aslanning so‘zlariga ko‘ra, ular ilgari ham turli mayda buyumlarni uchratishgan, biroq bunday uzun va ingichka narsaga ilk bor duch kelishgan.
“Bemorimizning OCD xastaligi tufayli bunday narsalarni yutib yuborish odati bor ekan. Jarayon muvaffaqiyatli yakunlandi, u bir kun kuzatuv ostida saqlanib, keyin uyiga chiqarildi”, — dedi shifokor.


