1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Turkiyada halol shahar hokimi minglab odamlar hayotini saqlab qoldi

Erzin shahri meri noqonuniy va sifatsiz qurilishlarga qarshi bo‘lgan.

Turkiyada halol shahar hokimi minglab odamlar hayotini saqlab qoldi

 

Turkiyaning Erzin shahri rahbari Okkesh Elmasoglu noqonuniy va sifatsiz qurilishlarga ruxsat bermagan.

 

Uni o‘ta qattiqo‘lligi uchun tanqid qilishadi. Ammo amaldor o‘z aytganidan qaytmagan va qurilish normalariga amal qilishni talab qilgan.

 

Natijada o‘tgan haftada sodir bo‘lgan zilzila natijasida birorta bino zarar ko‘rmadi va hech kim halok bo‘lmadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan yer silkinishi oqibatida 40 mingga yaqin odam halok bo‘lgan. Turkiyada ko‘plab binolar seysmik talablarga mos qurilmagan. Zilziladan keyin qurilish kompaniyalarining yuzlab xodimlari halok bo‘ldi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика