Turkiyaning Egey dengizida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiq cho'kib ketdi. Turk qirg'oq qo'riqchiligining qutqaruv bo'linmalari favqulodda vaziyat joyiga yuborilib darhol qutqaruv ishlari amalga oshirilgan. Ayvajik shahri yaqinida sodir bo'lgan voqea natijada kamida 5 kishi halok bo‘lgan va 25 kishi qutqarilgan.
Jabrlanganlar Chanakkale va Baliqesir viloyatlari kasalxonalariga yotqizilgan.
Voqeada halok bo‘lganlar va noma’lum muhojirlar bilan bog‘liq tekshiruvlar davom etmoqda. Shuningdek, bunday noxush voqealar odam savdosi va noqonuniy migratsiyaning jiddiy muammo ekanligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Hozirda Turkiya hukumati bu kabi voqealarning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rish ustida ish olib bormoqda.


