1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Turkiyada yana zilzila yuz berdi

Hozircha qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida maʼlumotlar yo‘q.

Turkiyada yana zilzila yuz berdi

 

Payshanba kuni Turkiya janubi-sharqida 5,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib, TASS agentligi xabar berdi.

 

Zilzila epitsentri O‘rta er dengizining 10 km chuqurligida, Xatay provinsiyasidagi dengiz qirg‘og‘idan 5 km uzoqlikda joylashgan.

 

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida maʼlumotlar yo‘q.

 

Eslatib o‘tamiz, 6-fevral kuni Turkiyada 7 magnitudadan ortiq kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. Zilziladan keyin 4000 dan ortiq aftershok qayd etilgan.

 

16-fevraldagi maʼlumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 39,1 ming kishidan oshgan. 108 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

 

Turkiya bilan chegarada joylashgan Suriya, Livan, Iroq va Kipr davlatlarida ham zilzila sezilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика