1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Turkiyada zilzila qurbonlari soni 17 674 nafarga yetdi

Jarohatlanganlar esa 73 mingga yaqinlashdi.

Turkiyada zilzila qurbonlari soni 17 674 nafarga yetdi

 

Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining (AFAD) so‘nggi maʼlumotlariga ko‘ra, Turkiyadagi zilzila oqibatida 17 ming 674 kishi halok bo‘ldi, 72 ming 879 kishi jarohat oldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada zilziladan jabr ko‘rgan provinsiyalarda binolarni qurgan va ularni qabul qilib olgan masʼul shaxslarga nisbatan tergov ishlari boshlangan. Bu haqda Turkiya adliya vaziri Bekir Bozdag‘ maʼlum qildi.

 

AFAD maʼlumotlariga ko‘ra, 6 fevral kuni Turkiyaning Kaxramanmarash-Pazardjik tumanida sodir bo‘lgan 7,7 magnitudali zilzila va Elbistanda 7,6 magnitudali zilziladan keyin 648 ta aftershok qayd etilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика