Istanbuldagi konsulxona Turkiyaga borayotgan o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Maʼlum qilinishicha, ayni paytda Turkiyaga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qatʼiy tekshiruv boshlangan. Asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nazorat kuchaytirilgan.
Bundan tashqari, shubhali kishilarning shaxsiy telefonlari tekshirilishi ham uchramoqda. Jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib o‘tishga uringanlar Turkiyaga kiritilmayapti.
Shuningdek, Istanbul aeroportida politsiyaning qo‘pol muomalada bo‘lish holatlari kuzatilmoqda.


