1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkiyaning Navoiy haykali o‘rnatildi

Ochilish marosimi mustaqillik tadbirlari doirasida tashkil etilgan.

Turkiyaning Navoiy haykali o‘rnatildi

Turkiyaning Anqara shahrida Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi. Bu haqida O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, haykalning ochilish marosimi “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Mustaqilligining 33 yilligi tadbirlari doirasida tashkil etilgan.

 

Elchixona hamda Kechio‘ren tumani tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda, Turkiya Tashqi ishlari vazirligi, TURKSOY tashkiloti, Anqara shahri va tumanlari hokimliklari vakillari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, navoiyshunos va tilshunos olimlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etgan.

 

“Bugungi kunga qadar Moskva, Dushanbe, Ostona, Tokio, Minsk, Shanxay, Seul va Boku shaharlarida Alisher Navoiy haykallari o‘rnatilgan. Binobarin, Anqarada buyuk ajdodimizning ulug‘vor haykalining ochilishi nafaqat bizlar uchun, balki Turkiyadagi barcha birodarlarimiz, hattoki butun turkiy dunyodagi qardoshlarimiz uchun katta sharaf ekaniga chin dildan ishonaman”,– dedi elchi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика