23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida chorakfinal bosqichi doirasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushdi. Ravshan Haydarov shogirdlari yarimfinal yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi.
Uchrashuvning asosiy 90 daqiqasi ham, qo‘shimcha bo‘limlar ham golsiz durang bilan yakunlandi — 0:0. Tomonlar ehtiyotkor o‘yin namoyish etib, bir qator vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, hisobni ochishga muvaffaq bo‘la olmadi.
G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Xitoy yoshlar jamoasi aniqroq harakat qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqaning yarimfinaliga yo‘l oldi. O‘zbekiston esa turnir bilan xayrlashdi.
Shu tariqa, Xitoy U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun navbatdagi bosqichda Vyetnamga qarshi maydonga tushadi. O‘zbekiston yoshlar jamoasi esa ko‘rsatgan o‘yini va jangovor ruhi bilan muxlislar eʼtiborida qoldi.


