1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Uch egizak dunyoga kelgan tug‘uruqxonada “svet” o‘chgani aytildi

SSV holatga rasmiy izox berdi.

Uch egizak dunyoga kelgan tug‘uruqxonada “svet” o‘chgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda uch nafar egizak muddatidan avval tug‘ilgani, biroq ularni vakuumga solish uchun elektr ta’minoti yo‘qligi aytilgan videolavha tarqaldi. Holatga Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, respublikada joriy yil boshidan shu kungacha 8 289 ayol egizak chaqaloqni dunyoga keltirgan. Ulardan 8 190 nafari ikki, qolgani ikkitadan ko‘p farzand ko‘rgan. 

 

Noyabr-dekabr oylarida uch egizakdan iborat chaqaloqlar To‘rtko‘l tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi, Toshkent, Sirdaryo, Navoiy, Farg‘ona, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Samarqand viloyatlari perinatal markazlari hamda Respublika perinatal markazida tug‘ilgan.

 

“Biroq mazkur tug‘uruq komplekslarining hech birida yuqorida keltirilgan davrda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmagan. Qolaversa, shunday holat yuz bergan taqdirda ham, perinatal markazlar avtonom generatorlar bilan to‘liq ta’minlangan”, — deyiladi xabarda.

 

Neonatologlar xulosasiga ko‘ra, videolavhada ko‘rsatilgan har uch chaqaloq ham faol, teri ranglari pushti hamda barcha belgilari xalqaro qabul qilingan salomatlik mezonlariga to‘liq mos keladi. Shu bois, ular vakuum apparatida emas, ona bag‘rida bo‘lishlari zarur.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика