1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Uch nafar xitoylik astronavt orbitada qolib ketdi

Maʼlum bo‘lishicha, ulaning kosmik kapsulasi shikastlangan.

Uch nafar xitoylik astronavt orbitada qolib ketdi

Xitoyning Shenzhou-20 kosmik missiyasi doirasida Tiangong orbital stansiyasida xizmat qilayotgan uch nafar astronavtning Yerga qaytishi nomaʼlum muddatga kechiktirildi. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, ularni qayta olib kelishi kerak bo‘lgan qaytish kapsulasi kosmik chiqindilar bilan to‘qnashgan bo‘lishi ehtimoli bor. Shu sababdan xavfsizlik chorasi sifatida astronavtlar hozircha stansiyada qolmoqda.

 

Kapsula yuzasida shikastlanish ehtimoli aniqlangach, parvoz boshqaruv markazi qo‘shimcha texnik diagnostika o‘tkazish, issiqlikdan himoya qoplamasi va qaytish tizimlarining ishonchliligini qayta baholashga qaror qilgan.

 

Astronavtlar — Chen Dun, Chen Junjuy va Van Sze — stansiyadagi vazifalarini davom ettirmoqdalar. Ularning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun hozircha bevosita xavf yo‘qligi maʼlum qilingan.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, orbitadagi eng katta muammolardan biri — kosmik chiqindilardir. Sputniklar parchalari, raketa bo‘laklari, buzilgan qurilmalar qoldiqlari va hatto millimetr o‘lchamdagi metall qismichalar ham ulkan tezlikda harakat qiladi va apparatga urilishi oqibatida qoplamani teshib o‘tishi yoki issiqlik himoyasini izdan chiqarishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика