3-avgust kuni Istanbul portiga Ukraina g‘allasi ortilgan birinchi karvon yetib kelishi kutilmoqda. Shundan so‘ng mahsulot Somaliga ketadi. Bu haqda “CNN Turk” xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, karvon 16 ta kemadan iborat bo‘ladi. Istanbul birinchi bekatdir. Kemalar dronlar va sun’iy yo‘ldoshlar yordamida kuzatiladi.
Ukrainadan eksport qilinadigan birinchi g‘alla Afrika mamlakatlariga, xususan, Somaliga borishi kutilmoqda. BMT prognozlariga ko‘ra, yuk u yerga taxminan bir yarim oyda yetib boradi
Eslatib o‘tamiz, don yo‘lagi bo‘yicha kelishuv 22-iyul kuni Istanbulda imzolangan edi. Donni eksport qilish uchun Odessa, Chernomorsk portlari, shuningdek, Yujniy portlari blokdan chiqariladi.


