Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Rossiya tomonidan gaz infratuzilmasiga uyushtirilgan keng ko‘lamli hujumlar oqibatida gaz tanqisligiga duch kelishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda bayonot berdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, zarur gaz zahirasining bir qismi allaqachon ta’minlangan, biroq mamlakat ehtiyojlarini to‘liq qoplash uchun hali ham muhim hajm yetishmayapti.
“Gap qariyb bir milliard yevroga yaqin qiymatdagi gaz sotib olish haqida ketmoqda”, — deydi prezident.
U shuningdek, bu masala Norvegiya bosh vaziri bilan muhokama qilinganini va xalqaro hamkorlik orqali muammoni hal etish yo‘llari izlanayotganini ta’kidladi.


