1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina yevroga o‘tish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Jarayon har tomonlama sifatli tayyorgarlikni talab qiladi.

Ukraina yevroga o‘tish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Ukraina Milliy banki rahbari Andrey Pishniy mamlakat bazaviy valyuta sifatida AQSh dollaridan voz kechib, yevroga o‘tish imkonini o‘rganishni boshlaganini ma’lum qildi. Bu qaror global savdo zanjirlarining parchalanganligi va Ukraina bilan Yevropa o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi fonida ko‘rib chiqilmoqda.

 

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, bunday jarayon murakkab bo‘lib, har tomonlama sifatli tayyorgarlikni talab qiladi. Pishniyning so‘zlariga ko‘ra, hozircha Ukraina valyuta bozorida dollarning ulushi ustun bo‘lib qolmoqda, biroq ko‘plab segmentlarda yevro bilan operatsiyalar ulushi bosqichma-bosqich oshib bormoqda.

 

Mutaxassislar fikricha, agar Ukraina bu o‘zgarishni amalga oshirsa, u moliya bozorlariga ta’sir qilishi va Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy integratsiyani kuchaytirishi mumkin. Shu bilan birga, bu jarayon bir necha yil davom etishi va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика