1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainadagi janglarda ishtirok etayotgan xorijliklar haqida maʼlumot berildi

Ular orasida 1 nafar o‘zbekistonlik borligi aytilmoqda.

Ukrainadagi janglarda ishtirok etayotgan xorijliklar haqida maʼlumot berildi

 

Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina harakat qilayotgan yollanma jangchilar haqida maʼlumot berdi.

 

Unga ko‘ra, 24 fevraldan buyon Ukraina tomonida jang qilish maqsadida 6956  xorijlik kelgan. Ularning 1956 nafari yo‘q qilingani va 1179 nafari ortga qaytib ketgani aytilmoqda.

 

Shu bilan birga Rossiya tomoni bundan oldin 20 ming chet ellikning jang qilayotgani haqidagi xabarlarni “mutlaqo yolg‘on” deb atagan.

 

Taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, Yevropa qitʼasidan eng ko‘p Polsha fuqarolari yollanma jangchi sifatida kirib kelgan (1831 nafar). Shimoliy Amerikadan esa bu borada Kanada yetakchi (601nafar).

 

Bundan tashqari, MDH mamlakatlari fuqarolari ham Kiyev tomonida urush olib borayotgani maʼlum qilingan. Ular orasida 1 nafar O‘zbekiston fuqarolari borligi ham qayd etilgan.

 

Avvalroq Ukraina Rossiya bilan muzokaralarda kuchsiz pozitsiyada ekanini tan olgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика