1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainaga dronlarga qarshi eski to‘rlar yuborildi

To‘rlar ilgari baliqchilikda ishlatilgan.

Ukrainaga dronlarga qarshi eski to‘rlar yuborildi

Shvetsiya va Daniya Ukrainaga Rossiya dronlaridan himoya qilish maqsadida foydalanilgan eski baliq to‘rlarini topshirdi. Zamonaviy dronlar urushda arzon va ko‘p maqsadli qurol sifatida keng qo‘llanmoqda, ularga qarshi kurashish esa murakkab.

 

Yle nashrining yozishicha, Ukraina bu muammoni noodatiy yo‘l bilan hal qilmoqda — dushman dronlarini to‘xtatish uchun aynan eski to‘rlardan foydalanilmoqda. Ular osmon orqali uchayotgan dronlarni to‘rga ilintirib, yo‘q qilishda yordam bermoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Daniya Ukrainaga 2,5 million yevro qiymatidagi to‘rlarni yetkazib bergan. Bu to‘rlar ilgari Daniya baliqchilari tomonidan ishlatilgan bo‘lib, Britaniya Yevroittifoqdan chiqqach, ularning aksariyati endi foydasiz bo‘lib qolgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика