Samarqand shahrida 2025-yil 30-oktabr – 13-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida delegatsiyalar O‘zbekiston xalqiga va hukumatiga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Ular samimiy mehmondo‘stlik, iliq qabul va konferensiya ishini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi. Sessiyaning go‘zal Samarqand shahrida o‘tkazilgani va O‘zbekiston hukumatining barcha a’zo davlatlar, uyushgan a’zolar va kuzatuvchilarning to‘liq ishtirokini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi. Delegatsiyalar Prezident Shavkat Mirziyoyevning konferensiyaga ko‘rsatgan e’tibori va shaxsan ishtirokini ham qadrladi.
Shuningdek, O‘zbekiston tashkilotlari va xodimlarining yuqori kasbiy mahorati konferensiya ishining uyg‘un va samarali o‘tishiga katta hissa qo‘shgani qayd etildi. Delegatsiyalar O‘zbekistonning boy madaniy merosi orqali xalqaro hamkorlik va o‘zaro tushunishni mustahkamlashdagi hissasini alohida ta’kidladi.


