1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

UNESCO sessiyasi doirasida O‘zbekiston va Slovakiya Prezidentlari uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.

UNESCO sessiyasi doirasida O‘zbekiston va Slovakiya Prezidentlari uchrashdi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.

 

Ikki davlat o‘rtasidagi barcha darajadagi almashinuvlar ijobiy sur’atda davom etayotgani, ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Joriy yilda siyosiy maslahatlashuvlar va Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, ishbilarmonlik aloqalarining faollashgani va qo‘shma korxonalar sonining uch barobar ko‘paygani ta’kidlandi.

 

Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmini oshirish, shuningdek, muhim tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekistondan to‘qimachilik, charm, meva-sabzavot mahsulotlari, Slovakiyadan kauchuk, avtomobillar uchun butlovchi qismlar, farmatsevtika va boshqa sanoat tovarlari yetkazib berishni ko‘paytirishga kelishib olindi. Shu maqsadda milliy mahsulotlar ko‘rgazmalarini o‘tkazish, savdo uylarini ochish rejalashtirilgan.

 

Raqamlashtirishni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, banklarning kiberxavfsizlik monitoringini yuritish va yuk tashishlarni kuzatishning ilg‘or tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil qilish masalasi taklif qilindi. Slovakiya biznesi bilan avtomobil butlovchi qismlar, tayyor sut mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorlik bildirildi.

 

Gumanitar va ta’lim almashinuvlarini faollashtirish istiqbollari ko‘rib chiqilib, 2026-yilda Bratislava shahrida ikki mamlakat rektorlarining birinchi forumini o‘tkazish, turizm ko‘rgazmalari va o‘zaro Turizm kunlarini tashkil etish taklif qilindi. Tartibli mehnat migratsiyasini yo‘lga qo‘yish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика