Alisher Usmonovning advokatlari milliarderga qarshi Yevroittifoq sanksiyalari ustidan Karlsruedagi Germaniya konstitutsion sudiga murojaat qilmoqchi. Bu haqda Suddeutsche Zeitung gazetasi maʼlum qildi.
Uning maʼlumotlariga ko‘ra, advokatlar tadbirkorga qarshi joriy etilgan cheklovlar GFR asosiy qonuniga zid ekanini isbotlamoqchi. Yuridik xulosa muallifi professor Ditrix Mursvik bo‘lib, hujjat 110 sahifadan iborat. Unda qayd etilishicha, YEI o‘z "qora ro‘yxati"ga Ukraina nizosiga javobgar bo‘lmagan shaxslarni kiritishi insoniy qadriyatlarga zid hisoblanadi.
Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, Mursvik ushbu hujjatni Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi topshirig‘i bilan yozgan. Maʼlumotnomada advokat Yevroittifoq xatolik tufayli sanksiyalar kiritgan shaxslarni himoya qiladi.
"Bu odamlar tashqi siyosat tufayli garovga olindi", — deyiladi hujjatda.
Shu bilan birga 110 sahifali xulosada Alisher Usmonovning ismi keltirilmagan.
YI 2022yil 28 fevralda Usmonovni boshqa rossiyalik biznesmenlar qatori "qora ro‘yxat"ga kiritgandi. Unga Yevroittifoqqa kirish taqiqlangan, aktivlari muzlatilgan.


