Xabarga ko‘ra, arizalarni qabul qilish eʼlon qilinganidan so‘ng tez fursatda 13 203 ta avtomobilga shartnoma tuzilgan. Yuqori talab tufayli kompaniya oxirgi mijozga qadar ishlashga qaror qildi.
"Chevrolet Lacetti" avtomobili uchun 6300 ta va "Chevrolet Cobalt" modeli uchun 4 700 ta shartnoma tuzilgan. Ushbu avtomobil modellari xaridorlar orasida eng ommabop modellar bo‘ldi.
“Chevrolet Traverse” va “Tahoye” avtomobillari uchun dastlabki 20 daqiqada kompaniyaga 200 dan ortiq buyurtmalar kelib tushgan.
Ushbu avtomobillarga ariza qabul qilishning ilk kuni natijalariga ko‘ra, 320 dan ortiq buyurtmalar olingan. Kompaniya qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida oldindan to‘lov miqdorini 85% dan 50 % ga tushirdi.
Maʼlumot uchun: avvalroq “UzAuto Motors” turli xil sabablarga tufayli avtomobil narxlari oshganini maʼlum qilgan edi.


