1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Uzbekistan Airways yana 8 ta Boeing 787 Dreamliner samolyotiga buyurtmani tasdiqladi

Buyurtma qiymati oshgan holda milliy aviakompaniya parki 2031-yildan boshlab 22 ta Dreamliner bilan to‘ldiriladi.

Uzbekistan Airways yana 8 ta Boeing 787 Dreamliner samolyotiga buyurtmani tasdiqladi

Boeing kompaniyasi Uzbekistan Airways bilan ilgari 8 ta Boeing 787−9 Dreamliner uchun mavjud bo‘lgan opsion shartnomasi endilikda qat’iy buyurtmaga aylantirilganini ma’lum qildi. Shunday qilib, milliy aviatashuvchining umumiy buyurtmalari soni 22 taga yetdi. Samolyotlarni yetkazib berish 2031-yildan boshlanishi rejalashtirilgan.

 

Shartnomani tasdiqlash marosimi Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan C5+1 sammiti doirasida AQSH savdo vaziri Xovard Latnik va O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ishtirokida amalga oshirildi.

 

Boeing kompaniyasi yangi 787−9 modeli Uzbekistan Airways’ga xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va parvoz samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways 14 ta 787−9 Dreamliner xaridi bo‘yicha bitim imzolagani, yana 8 tasi esa opsion sifatida belgilangan edi. Endilikda opsion ham asosiy buyurtmaga o‘tdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика