Kadrlarda Rossiya tinchlikparvar kuchlari bilan hamrohlikda Ozarbayjon chegarachilari Ozarbayjon suveren hududiga bayroq o‘rnatmoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ammo bu orada arman askarlari ularga qarata o‘t ochdi. Hatto voqea joyiga RMK komandiri Aleksandr Lensov ham yetib keldi.
Eslatib o‘tamiz, arman harbiylari Ozarbayjon chegarachilari bilan birga Rossiya tinchlikparvar kuchlarini ham o‘qqa tutgan. Armaniston ommaviy axborot vositalari bayroqni o‘rnatish marosimi chog‘ida arman tomoni o‘t ochilganini tasdiqlovchi kadrlarni tarqatdi, deb yozadi Caliber.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 15 iyun kuni soat 08:45 da Armaniston Respublikasi hududidan o‘qqa tutilishi natijasida Davlat chegara xizmatining Lochin shahridagi chegara-bojxona postida xizmat qilgan harbiy xizmatchi tan jarohati olgan edi.


