2025-yilning 20-mart kuni Gretsiyada Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti saylovi o‘tkaziladi. Jahondagi eng yirik sport tashkiloti rahbarligi uchun yetti nomzod o‘rtasida kurash kechadi. XOQ matbuot xizmati nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi:
-
Sebastyan Kou (World Athletics rahbari);
-
Xuan Antonio Samaranch-kichik (XOQ vise-prezidenti);
-
David Laparten (Xalqaro velosipedchilar ittifoqi rahbari);
-
Faysal ibn Husayn (Iordaniya shahzodasi, XOQ ijroqo‘mi a’zosi);
-
Kirsti Koventri (XOQ ijroqo‘mi a’zosi, suzish bo‘yicha ikki karra olimpiya chempioni);
-
Yohan Eliash (Xalqaro chang‘i sporti federatsiyasi rahbari);
-
Morinari Vatanabe (Xalqaro gimnastika federatsiyasi rahbari).
Yuqoridagi nomzodlar Gresiyada 18–21 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 114-sessiyasi doirasidagi saylovda prezidentlik uchun kurashadi.


