1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Xavi Koreya terma jamoasidan taklif oldi

Murabbiyga yana bir qator klublar qiziqish bildirgan.

Xavi Koreya terma jamoasidan taklif oldi

 

O‘tgan haftada “Barselona” bosh murabbiy bilan hamkorlikni to‘xtatganini e‘lon qildi. Yanvar oyida Xavi jamoani tark etish qarorini e’lon qilgach, uning xizmatlariga “Ayaks” qiziqish bildirgan. “Barsa”ning sobiq sport direktori Jordi Kroyff murabbiy bilan bog‘landi, biroq Xavini ishontira olmadi.

 

Ispaniyalik mutaxassis Janubiy Koreya terma jamoasini boshqarish taklifini ham rad etdi. Unga 2026-yilgi Jahon chempionatida jamoani boshqarish taklif qilingan. “Milan” va “Manchester Yunayted” ham Xavini taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqdi, biroq klublar bu borada faol choralar ko‘rmadi.

 

“Barselona”ning sobiq murabbiyi kelgusi yil dam olishni istamoqda, shuning uchun u faoliyatini qayerda boshlashi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rayotgani yo‘q.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика