1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xayriddin Sultonov O‘zbekiston xalq yozuvchisi bo‘ldi

U tavalludining 70 yilligi munosabati bilan faxriy unvon bilan taqdirlangan.

Xayriddin Sultonov O‘zbekiston xalq yozuvchisi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri Sultonov Xayriddin Madriddinovichga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

“Davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, o‘zining betakror isteʼdodi, serqirra ijodiy faoliyati bilan xalqimiz badiiy tafakkuri, maʼnaviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, o‘zbek adabiyoti xazinasini tarixiy va zamonaviy mavzudagi yorqin asarlar bilan boyitish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini aholi o‘rtasida targ‘ib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri Sultonov Xayriddin Madriddinovichga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni berilsin”, deyiladi davlat rahbarining Farmoni.

 

Maʼlumot uchun, Xayriddin Sultonov 1956 yil 15 yanvar kuni Toshkent viloyatining Qibray tumani Tuzel qishlog‘ida tug‘ilgan. 1963-1973 yillarda Parkentdagi o‘rta maktabda o‘qigan. 1973 yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o‘gishga kirib, 1978 yilda tugatgan. 1974–1980 yillarda “Guliston”, 1982-1985 yillarda ,“Yoshlik” jurnallarida, 1980-1982 , 1985–1993 yillar orasida G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida turli lavozimlarda ishlagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика