1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Xiaomi kompaniyasining ilk avtomobili taqdim etildi

Elektromobil joriy yilning so'nggida ishlab chiqariladi.

Xiaomi kompaniyasining ilk avtomobili taqdim etildi

 

Xiaomi kompaniyasi o‘zining birinchi avtomobili — Xiaomi SU7ni taqdim etdi.

 

Xiaomi SU7 shartnoma asosida ishlab chiqariladi. Bu o‘lchamlari 4997×1963×1455 mm, g‘ildirak bazasi 3 000 mm bo‘lgan elektr sedan. Og‘irligi — 1 980 kg, maksimal tezligi — 210 km/soat.

 

Xiaomi ikkita versiyani taqdim etdi: lidarli va lidarsiz. Ma’lumot uchun, lidar old oynaning orqasida o‘rnatiladi. Yon stendida kamera o‘rnatilgan Xiaomi SU7 yuzni tanishdan foydalangan holda qulfni ochish funksiyasi bilan ham jihozlangan.

 

Ort uzatgich ikki xil bo‘ladi: 300 ot kuchiga ega va maksimal quvvati 673 ot kuchiga ega dvigatelli.

 

Arzonroq variantida BYD akkumulyator to‘plami, qimmatroq variantida esa CATL akkumulyator to‘plami taqdim etiladi.

 

Avtomobil ETC tizimi bilan ham jihozlanadi, bu tizim haydovchilarga pullik yo‘llarda avtomobilni to‘xtatmasdan avtomatik tarzda to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi.

 

Mana shunday har taraflama qulay va o‘ta zamonaviy elektromobilni shu yilning so‘ngida ishlab chiqarish boshlanadi va 2024 yil boshlaridan egalariga yetkazishga kirishiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика