Xitoy aholisi turli sabablar, jumladan, uy-joy va ko‘plab mahsulotlar narxining oshishi tufayli kamayib bormoqda. Shuningdek, fuqarolarning aksariyati taʼlim olish va karyera qilish maqsadida farzand ko‘rishni kechiktirishi asosiy sabablari hisoblanadi.
Xitoy uzoq vaqtdan beri eng zich joylashgan mamlakatlardan biri bo‘lib kelgan. So'nggi yillarda aholi kamayishi ortidan hukumat hatto “bir bola siyosati”ni joriy qilishga majbur bo‘ldi. Hozirda rasmiylarni demografik va mehnatga layoqatli aholining yetishmasligi bilan bog‘liq keyingi muammolar tashvishga solmoqda.
60 yil ichida birinchi marta mamlakatda aholi soni ketma-ket 3 yil davomida, xususan, 2022 yilda 850 ming kishiga kamaygandi. 2023 yilda esa bu ko‘rsatkich 2,08 millionga yetgan.
Komila Odilova tayyorladi


