1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy AQShning boj siyosatini “iqtisodiy hazil” deb atadi

Xitoy yana bir bor AQShdan import qilinadigan mahsulotlarga boj stavkasini oshirdi — endilikda bu ko‘rsatkich 125 foizga yetdi.

Xitoy AQShning boj siyosatini “iqtisodiy hazil” deb atadi

 

Xitoy Moliya vazirligi bergan bayonotda aytilishicha, oshirilgan boj stavkasi “oxirgi marta” amalga oshirilgan bo‘lib, agar AQSh boj stavkalarini yana oshirsa, bu iqtisodiy jihatdan hech qanday mantiqqa ega bo‘lmasligini ta'kidlamoqda. Bayonotda shuningdek, AQShning harakatlari xalqaro iqtisodiy sahnada uni kulgili holatga tushirayotgani ham aytilgan.

 

Tramp 2024-yil fevral oyida Xitoy mahsulotlariga dastlab 10 foizlik boj joriy qilgan edi. Keyinchalik bu stavka bosqichma-bosqich ko‘tarilib, hozirda 145 foizga yetdi. Xitoy esa shu kungacha har bir tarif oshirilishiga javoban o‘z boj stavkalarini oshirib kelgan.

 

Xitoyning so‘nggi bayonotiga ko‘ra, 125 foizlik yangi tarifdan so‘ng AQSh mahsulotlariga bo‘lgan bozor talabi deyarli qolmagan. “Demak, boj stavkalarini yana oshirishning foydasi yo‘q. Agar AQSh bu raqamlar bilan o‘ynashni davom ettirsa, Xitoy bu harakatlarni e’tiborsiz qoldiradi,” — deyiladi rasmiy xabarda.

 

Shunga qaramay, Xitoy boshqa javob choralarini istisno qilmayapti. Bayonot so‘nggida shunday ogohlantirish ham bor: “Agar AQSh Xitoy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishda davom etsa, Xitoy qat’iy javob qaytaradi va oxirigacha kurashadi.”

 

So‘nggi bir hafta ichida Xitoy bir nechta amerikalik kompaniyalar uchun import va eksport huquqlarini chekladi. Kecha esa Gollivud filmlarining mamlakatda namoyish etilish sonini qisqartirishini e’lon qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика