Xitoyda ekskavator yordamida Buyuk Xitoy devorini teshib o‘tgan erkak va ayol hibsga olindi. Ular ish yo‘lini qisqartirish maqsadida jinoyat sodir etishgan.
Ma'lum bo'lishicha, buni 38 yoshli Chjen ismli fuqaro va uning 55 yoshli sevgilisi Vang amalga oshirgan. Ular Buyuk Xitoy devori yaqinidagi qurilish maydonchasida ishlagan.
Qurilish maydoni buzg'unchilarga uzoqlik qilgan.
Shuning uchun ular devor orqali o'tishga qaror qilishdi va shu bilan ish joylariga boradigan yo'lni qisqartirishdi.
Qo‘lga olinganlarga madaniy yodgorlikni yo‘q qilish aybi qo‘yilgan. Huquq-tartibot idoralari tarixiy bino tuzatib bo‘lmaydigan zarar ko‘rganini qayd etdi, deb xabar bermoqda Xitoy markaziy televideniyesi.


