1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy hayvonot bog‘ida itlarni yo‘lbars bolasi qilib bo‘yashdi

Bu g‘oya ko‘plab tashrif buyuruvchilar orasida norozilik uyg‘otdi.

Xitoy hayvonot bog‘ida itlarni yo‘lbars bolasi qilib bo‘yashdi

Xitoyning Taychjou hayvonot bog‘ida chau-chau zotli itlarni yo‘lbars bolasi ko‘rinishida bo‘yash orqali sayyohlarni jalb qilishga urinishdi. Bu g‘oya ko‘plab tashrif buyuruvchilar orasida norozilik uyg‘otdi, chunki ilgari ham uy hayvonlarini panda sifatida ko‘rsatishga urinishlar bo‘lgan edi.

 

Xabar berilishicha, internetda tarqalgan videolarda monoqoshli, tanasi to‘q sariq rangga bo‘yalgan va qora chiziqlarga ega itlar hovlida sayr qilib, hududni hidlab yurishi va panjalari bilan panjaraga suyanganini ko‘rish mumkin.

 

Biroq ularning yo‘lbars emasligi ravshan: quloqlari haddan tashqari uchli. Shunga qaramay, yovvoyi hayvonlarni hech qachon ko‘rmagan kichik bolalar ularni chinakam yo‘lbars bolasi deb o‘ylashi mumkin.

 

Keyinchalik hayvonot bog‘i xodimlari bu haqiqatdan ham bo‘yalgan chau-chau itlari ekanini tan oldi.

 

Komila Odilova tayyorladi

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика